Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Faoliyati / Korrupsiyaga qarshi kurashish » “Urganch neft bazasi” MChJda “9-dekabr Xalqaro korrupsiyasiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

“Urganch neft bazasi” MChJda “9-dekabr Xalqaro korrupsiyasiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

19-12-2025, 14:36
47

“Urganch neft bazasi” MChJda  “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Antikorrupsiya oyligi” doirasida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Urganch tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Eshchanov hamda jamiyatning mas’ul xodimlari ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir avvalida jamiyat direktori S.Matkarimov jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va jamiyatning bu boradagi pozitsiyasi haqida ma’lumot berdi. 

Jamiyat rahbariyati tomonidan korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish eng ustuvor vazifa etib belgilangan.

Shuningdek, korrupsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari — davlat byudjetiga zarar yetkazilishi, rivojlanish sur’atlarining pasayishi, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchining susayishi, adolat tamoyillarining buzilishi kabi jihatlar misollar(videorolik) asosida yoritib berildi. Tadbir ishtirokchilarida halollik, mas’uliyat va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya qilish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

Tadbir yakunida xodimlarga korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, halollik va shaffoflik tamoyillarini kundalik faoliyatga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur uchrashuv jamiyatda sog‘lom va halol mehnat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan batafsil javob olishdi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.