“Urganch neft bazasi MCHJ” Xonqa filialida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash masalalari yuzasidan seminar bo’lib o’tdi
Joriy yilning 28 aprel kuni jamiyatga qarashli Xonqa filialidagi ishchi-xodimlar ishtirokida “Xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularga nisbatan ta’sirchan choralarni belgilash” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga korrupsion xavf tushunchasi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash tartiblari, mezonlari, davriyligi, korrupsiyaviy xatarlar xaritasi, qaysi holatlarda baholash amalga oshirilishi, baholash natijalari bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumot berib o’tildi.
SHuningdek, korxona faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy intizomni kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha belgilangan talablar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va kelgusida ushbu yo’nalishda ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.











