Ishonch telefoni

RASMIY TAYINLOV

25-06-2026, 12:42
153
"Urganch neft bazasi" MChJda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, ichki nazorat mexanizmlarini mustahkamlash hamda faoliyatda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta'minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodim tayinlandi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti Komplayens sohasida hududlar bilan ishlash bo‘limi bosh komplayens inspektori Saatov Jur’at Alimbayevich korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati masalalari bo‘yicha mas’ul xodim etib belgilandi.

Mas’ul xodim tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik va ichki hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.