“Urganch neft bazasi MChJ” da “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”ning talablari va uning samaradorligini ta’minlash choralari to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27 iyul kuni “Urganch neft bazasi” MChJda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti Komplaens sohasida hududlar bilan ishlash bo‘limi bosh komplaens inspektori Saatov Jur’at Alimbaevich tomonidan navbatdagi o‘quv seminari tashkil qilindi.
O‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda “Urganch neft bazasi” MChJda ham yangi tahrirdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati” bo‘yicha ichki normativ hujjati tasdiqlanganligi, mazkur normativ hujjatning talablari va uning samaradorligini ta’minlash choralari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari, Korrupsiyaga qarshi komplaens tizimining asosiy elementlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy qoidalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va kelgusida ushbu yo‘nalishda ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.












